Loft - bu ochiq maydonning ko'pligi va sanoat elementlari (juda baland shiftlar, qurilishi tugallanmagan g'isht devorlari, ochiq to’sinlar va quvurlar, tsementli pol va boshqalar) mavjudligi bilan tavsiflangan zamonaviy sanoat-shahar ichki uslubi. Bunday binolarda yosh rassom va musiqachilar ko'rgazmalar o'tkazib, o'zlarining ijodiy yondashuvlari bilan ulkan ochiq maydonlarda ijod qilgan va ularni o’zlashtirgan.